Amrabat: "Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lish – katta sharaf"

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat jamoaga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lish – katta sharaf. Men sabr qilishim kerak edi, lekin doimo yuragimga quloq tutaman va endi orzumdagi klub sharafini himoya qilaman.

Men ishtiyoqli futbolchiman. Bu energiyani jamoaga olib kirmoqchiman va maydonda har bir harakatim orqali bor kuchimni sarflayman. Men Erik ten Hag qanday ishlashni yoqtirishini va u futbolchilardan nimani talab qilishini yaxshi bilaman.

Uning murabbiylik ko'rsatmalari va yo'l-yo'riqlari faoliyatimning boshida meni futbolchi sifatida juda rivojlantirdi. Bilaman, u mening eng yaxshi tomonlarimni ochib berishga yordam beradi", – dedi futbolchi.

Amrabat o'tgan yozda ijara asosida "Fiorentina"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Mankunianlar futbolchini sotib olish huquqiga ham ega bo'lishadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com