Alvaro Morata faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin

Alisher
23 apr 2022, 10:16
"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

Futbolchi u va oilasi Turindan kyetishga tayyorligini aytdi. U bu shaharda "Yuventus" safida ijarada o'ynamoqda. Forvardga faol tarzda "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.

"Baxtimga, rafiqam va bolalarim mening baxtim haqida o'ylaydi. Ular xohlaydigan yagona narsa - meni baxtli ko'rish", - deydi Morata.

Morata joriy mavsum A Seriya doirasida "Yuventus" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan ijara shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Goal