Alvares betobligi sababli "Atletiko" bilan mashg'ulot o'tkazmayapti

Aslanov Jasurbek
26 avg 2026, 15:01
"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmayapti.

Marca nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi "Vilyarreal"ga qarshi o'yindan (2:2) keyingi ilk mashg'ulotni betobligi sababli o'tkazib yubordi. Umumiy guruhda, shuningdek, yakka tartibdagi dastur bo'yicha shug'ullanayotgan Kristian Romero va Ademola Lukman ham yo'q edi.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati vaqtida Alvares "Atletiko"ni tark etish istagini oshkora bildirgan edi. Keyinroq Xulian klub rahbariyatiga "Barselona"ga o'tmoqchi ekanini ma'lum qilgan, shuningdek, hujumchiga "Arsenal" tomonidan ham qiziqish borligi ma'lum.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca