Aleksandr-Arnold jarohat olgani sababli Angliya kubogi chorak finalini o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
18 mar 2022
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jarohat olgani sababli Angliya kubogi chorak finalida "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Trent son qismidan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi, shu bois u terma jamoa safida ham o'ynamaydi. Bu biz uchun yoqimsiz xabar, uning qachon qaytishini vaqt ko'rsatadi", - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp.

Klopp himoyachining qachon safga qaytishiga ishonchi komil emasligini qo'shimcha qildi, biroq uning o'rnini Jeyms Milner yoki Jo Gomes egallashi mumkinligini ta'kidladi. 

"U almashtirib bo'lmas o'yinchi, ammo uning o'rniga variantlar bor" - dedi Klopp.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports