"Al Badr" "Drama Yunayted"ni yutib, yetakchilikni mustahkamladi, Oybek Qilichev va Bahodir Jalolov yetakchiligidagi "Nokaut" "Sariq bola"ga imkon qoldirmadi - Like Cup musobaqasidan FOTOGALEREYA

Sherzod Nurmatov
29 may 2025
"Jar"dagi stadionda "Like Cup" musobaqasi davom etmoqda.

Kecha mashhur futzalchi Dilshod Irsaliev, "Benom" guruhi vakili Komil Fozilov o'ynayotgan "Al Badr" jamoasi tarkibida Lutfulla To'raev, Bahodir Pardaev kabi sobiq futbolchilari bor "Drama Yunayted" ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi. 

Ikkinchi bellashuvda asosan bokschilardan shakllantirilgan "Nokaut" Alisher Uzoqov sardorligidagi "Sariq bola" jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (3:0). 

Quyida jadvaldagi holat va uchrashuvlardan suratlarni ko'rishingiz mumkin. 



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia