Agar "Zalcburg" CHL pley-offiga chiqmasa, Soboslai qishda "Leyptsig"ga o'tishi mumkin

Alisher
4 dek 2020, 18:00
"RB Leyptsig" hali ham "RB Zalcburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslaini xarid qilmoqchi.

Agar Avstriya klubi Chempionlar Ligasi pley-offiga chiqa olmasa, nemislar 20 yoshli Vengriya terma jamoasi o'yinchisini qishki transferlar oynasida xarid qilishlari mumkin.

Soboslaiga shuningdek "Bavariya" va Madridning "Real" klubi jiddiy qiziqish bildirishmoqda.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, xavbekni "Arsenal" va "Milan" ham kuzatmoqda, uning tovon puli 25 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker