"Liverpul” Niderlandiya terma jamoasi himoyachisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
1 fev 2026
"RB Leyptsig" sharafini himoya qilayotgan niderlandiyalik Lyutsxarel Gertryoyda "Liverpul"ning transfer maqsadiga aylandi.

Mersisaydliklar allaqachon nemis klubi bilan qanot himoyachisining transferi bo'yicha muzokaralarga kirishgan. E'tiborlisi, "Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot allaqachon Gertryoyda bilan “Feyenoord”da birga ishlagan.

Ayni paytda 25 yoshli futbolchi "Sanderlend" safida ijara asosida o'ynamoqda. Angliyadagi besh oy ichida Gertryoyda 17 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 20 mln evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Athletic