"Leyptsig" bosh direktori "Union Berlin"ga qarshi o'yin davomida stadiondagi yugurish yo'lakchasida harakatlandi

Оқил Абдубарноев
26 apr 2026, 17:43
O'tgan oqshom "RB Leyptsig"ning "Union Berlin" ustidan 3:1 hisobida qozongan g'alabasi davomida faqatgina Ole Verner shogirdlarigina tinim bilmay mehnat qilishgani yo'q.

Kecha tunda Saksoniya klubi kuzatuv kengashi raisi Oliver Minclaff o'yin davomida 21,41 kilometr masofani bosib o'tdi.

Telekameralar 50 yoshli mutaxassisni bevosita murabbiylar o'rindig'i ortida joylashgan yugurish yo'lakchasida yugurgan holda o'yinni tomosha qilayotganini kadrga muhrladi.

Uning bu harakatlari nafaqat jismoniy jihatdan kuchli natija, balki xayriya yo'lida ham muvaffaqiyatli yakunlandi – orqa miya kasalliklarini tadqiq qilish fondiga 100 000 evrodan ortiq mablag' to'plandi.

VIDEO

Football: en plein match, le boss de Red Bull relève un joli pari - 20  minutes

Mazkur xayriya akciyasiga klub boshqaruvchi direktorlari – Tatyana Henni, Iogann Plenge, Florian Xopp va Marsel Shefyerdan tashqari, boshqa taniqli shaxslar ham o'z hissasini qo'shishdi.

Xususan, Yurgen Klopp, Florian Sholc va Mario Gomes, shuningdek, ko'plab biznes hamkorlar Minclaff bosib o'tgan har bir kilometr uchun xayriya mablag'lari o'tkazib berishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: