Advokat Kyurasao terma jamoasini kamida 2025 yil oxirigacha boshqarishda davom etadi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2025
Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida 2025 yilning oxirigacha qoladi.

Bu haqda mahalliy futbol federatsiyasi ma'lum qildi.

77 yoshli niderlandiyalik mutaxassis 2024 yil boshidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.

Kyurasao termasi JCH-2026 saralash bosqichining KONKAKAF hududida uchinchi final bosqichiga chiqdi.

Advokat Niderlandiya, BAA, Koreya, Rossiya, Belgiya terma jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ffk.cw