Superliga. "Qo'qon-1912" va "Dinamo" murosa ko'chasini tanladi

5 sen 2026, 19:50
Superliga 20-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Dinamo" o'yini yakunlandi.

“Qo'qon-1912” – “Dinamo” 1:1

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov 

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov  

VAR: Jasur Muxtorov  

AVAR: Sherzod A'zamov 

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov  

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: 1:0 – 43, Silvanus Nimeli (Egor Kondratyuk); 1:1 – 51, Artyom Radaev (Tigran Avanesyan)

“Qo'qon-1912”: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 8.Shota Gvazva, 11.Silvanus Nimeli (90.Akbar O'ktamov, 89), 14.Ibrohim Yo'ldoshev, 19.Shahzod Akramov (22.Toma Tabatadze, 89), 20.Iqboljon Malikjonov, 69.Egor Kondratyuk (17.Farhodjon Sohibjonov, 46), 99.Muhammadanas Xasanov (10.Shohruh Gadoev, 73)

Zaxira: 1.Rustam Nartajiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 9.Javohir Xusanov, 21.G'ulom-Haydar G'ulomov, 71.Elbekjon Yo'lchiev.

“Dinamo”: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 8.Azizbek Amonov (21.Jahongirbek Abdusalomov, 81), 16.Amadu Dumbuya, 18.Raul Jeparov (30.Xaris Xaydarevich, 66), 19.Tigran Avanesyan (24.Akbar Xudayberdiev, 66), 20.Jaloliddin Jumaboev, 26.Marko Stanoevich, 44.Abdug'afur Haydarov (22.Ulug'bek Abdullaev, 66), 77.Behruzbek Oblaqulov (14.Bahodir Nasimov, 81)

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 4.Nurillo To'xtasinov, 15.Rasul Yuldoshov, 17.Salim Mustafaev.

Ogohlantirishlar: Marko Stanoevich (12), Abdug'afur Haydarov (35)

90+3'. ⏱ Firdavs Norsafarovning hushtagi yangrab, uchrashuv yakunlanganini bildirdi. "Qo'qon-1912" va "Dinamo" jamoalari o'rtasida kechgan shiddatli bahsda jangovar durang qayd etildi – 1:1.

90'. ⏱ Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov ikkinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

89'. 🔄 "Qo'qon-1912" tarkibida ikkitalik o'zgarish: Shahzod Akramov o'rniga Toma Tabatadze, Silvanus Nimeli o'rniga esa Akbar O'ktamov maydonga tushirildi.

81'. 🔄 "Dinamo" tarkibida navbatdagi ikki o'zgarish:

Azizbek Amonov o'rniga Jahongirbek Abdusalomov, Behruzbek Oblaqulov o'rniga esa Bahodir Nasimov bahsga qo'shildi.

78'. Maydonga yangi tushgan Shohruh Gadoev olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi ancha noaniq chiqdi.

73'. 🔄 "Qo'qon-1912" tarkibida o'zgarish: Muhammadanas Xasanov o'rnini Shohruh Gadoevga bo'shatib berdi.

67'. "Dinamo" futbolchilaridan ketma-ket zarbalar seriyasi! Oxirgi zarbada to'p "Qo'qon-1912" himoyachisining qo'liga tekkandek tuyuldi, biroq bosh hakam qoida buzilmagan deb hisoblab, o'yinni davom ettirishga qaror qildi.

66'. 🔄 "Dinamo" tarkibida birdaniga uchta o'zgarish amalga oshirildi:

Abdug'afur Haydarov o'rniga Ulug'bek Abdullaev, Tigran Avanesyan o'rniga Akbar Xudayberdiev hamda Raul Jeparov o'rniga Xaris Xaydarevich maydonga tushdi.

59'. ⚠️ Xavfli vaziyat! "Dinamo"ning burchak zarbasidan so'ng havodagi kurashda to'p darvoza chizig'i yaqinida turgan Jaloliddin Jumaboevga kelib tushdi. Jumaboev qulay vaziyatdan foydalana olmadi va noaniq zarba berib, to'pni yuqoriga tepib yubordi.

57'. "Qo'qon-1912" sardori Javohir Sidiqov jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sinining yuqorisidan o'tib ketdi.

51'. ⚽️ GOL! "Dinamo" muvozanatni tikladi! Markazdan o'ng qanotga oshirilgan uzatmadan so'ng Artyom Radaev to'p uchun kechgan kurashda Shahzod Akramovdan ustun keldi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Radaev to'pni Rahimjon Davronovning ustidan oshirib tashlab, darvozani ishg'ol qildi – 1:1!

46'. ⏱ Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi.

46'. 🔄 "Qo'qon-1912" tarkibida o'zgarish: Egor Kondratyuk o'rniga Farhodjon Sohibjonov maydonga tushdi.

45+1'. ⏸ Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga "Qo'qon-1912"ning kichik ustunligi bilan yo'l olishmoqda – 1:0.

45'. Marko Stanoevich va Egor Kondratyuk to'qnashib ketdi. O'yin davomida kurash va to'qnashuvlarda ancha faol qatnashayotgan Stanoevichning hisobida sariq kartochka borligini eslatib o'tish joiz, u har bir vaziyatda ehtiyotkorroq harakat qilishi talab etiladi.

43'. ⚽️ GOL! "Qo'qon-1912" futbolchilari uyushtirgan tezkor qarshi hujum samarali yakunlandi. Silvanus Nimeli o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, himoyachilarning qarshiligiga qaramay, darvozaga aniq va kuchli zarba yo'lladi!

35'. 🟨 "Dinamo" futbolchisi Abdug'afur Haydarov raqib darvozabonining to'pni o'yinga kiritishiga xalaqit bergani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

33'. Maydon sifatining talab darajasida emasligi har ikki jamoa futbolchilarining erkin harakatlanishiga hamda aniq paslar almashishiga o'z ta’sirini o'tkazmoqda.

25'. "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Alisher Salimov darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.

20'. ⚠️ Xavfli vaziyat! Silvanus Nimelining ajoyib uzatmasidan so'ng Muhammadanas Xasanov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo "Dinamo" himoyachisi Mixail Shtefan katta tezlikda raqibiga yetib olib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.

18'. Shahzod Akramov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi. "Dinamo" darvozaboni Edem Nemanov to'pni qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. "Qo'qon-1912" burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi.

14'. ⚠️ Xavfli vaziyat! Javohir Sidiqov jarima zarbasidan to'pni ichkariga uzatdi, biroq himoyachi uni qaytarishga erishdi. Qaytgan to'pga Iqboljon Malikjonov kuchli zarba yo'lladi, zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

12'. 🟨 "Dinamo" futbolchisi Marko Stanoevich katta tezlikda qochib ketayotgan Silvanus Nimelini qoidani buzgan holda to'xtatib qoldi. Bosh hakam ushbu qo'pollik uchun Stanoevichni sariq kartochka bilan jazoladi.

9'. ⚠️ Xavfli vaziyat! "Dinamo" futbolchilarining qisqa paslar orqali uyushtirgan hujumi xavfli tus oldi. Amadu Dumbuya jarima maydoniga yorib kirib, chap oyog'i bilan darvozaga kuchli zarba yo'lladi. "Qo'qon-1912" posboni Rahimjon Davronov to'pni qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

8'. "Dinamo" himoyachilarining xatosidan unumli foydalangan Egor Kondratyuk darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq to'p ustun yonidan o'tib ketdi.

6'. "Dinamo"ning o'ng qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Azizbek Amonov bosh bilan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Qo'qon-1912" posboni Rahimjon Davronov to'pni ishonch bilan egallab oldi.

3'. ⚠️ Xavfli vaziyat! "Qo'qon-1912" hujumchisi Silvanus Nimeli jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Dinamo" posboni Edem Nemanov oyog'i bilan to'pni qaytarib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

1'. ⏱ Bosh hakam Firdavs Norsafarovning hushtagi yangradi va "Qo'qon-1912" – "Dinamo" uchrashuviga start berildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia