Adiz Abdunabiev U-17 Osiyo kubogidagi raqiblar va tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
2 may 2026, 23:16
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi a'zosi Adiz Abdunabiev bo'lajak U-17 Osiyo kubogi musobaqasiga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayoni hamda guruh bosqichidagi raqiblar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Taif shahridagi oxirgi mashg'ulotlarni o'tkazdik. Ertaga Jiddaga yo'l olamiz. Yig'in o'sha yerda davom etadi. Ilk o'yinimizni Hindistonga qarshi o'tkazamiz. Raqib ishtirokidagi bellashuvlarni ko'rib chiqdik. Ularga qarshi taktik ishlanmalarni tayyorlayapmiz. Jamoadagi ichki muhit yaxshi. Ikkinchi turdagi raqib Avstraliya ham yaxshi jamoa. Xudo xohlasa, kerakli natijani qo'lga kiritamiz", – deya ta'kidlab o'tdi yosh futbolchi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning "D" guruhidan joy olgan vakillarimizga dastlab Avstraliya, Hindiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari raqiblik qilishi belgilangan edi. Biroq Shimoliy Koreya terma jamoasi musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgan va turnirni rasman tark etgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА