Abidal "Lill"ning Fransiya Kubogi doirasidagi "Trua"ga qarshi o'yiniga tashrif buyurdi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023
Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Erik Ebidal Fransiya Kubogi 1/32 finalidan o'rin olgan "Lill" – "Trua" (2:0) uchrashuvida faxriy mehmon bo'ldi.

"Lill" o'zining Twitter'dagi rasmiy sahifasida 43 yoshli fransiyalikning suratini e'lon qildi. Unga esdalik sifatida 22-raqamli futbolka sovg'a qilindi.

"Sizni ko'rishdan xursandmiz, Erik", – deyiladi xabarda.

Abidal 2002 yildan 2004 yilgacha "Lill"da o'ynagan va u erdan "Monako"ga o'tgan. Keyinroq "Lion", "Barselona", "Olimpiakos" va "Monako" klublarida to'p tepgan. 2015 yilda faoliyatini yakunlagan.

Futbolchi sifatida nafaqaga chiqqanidan so'ng Abidal televidenieda ishlagan, 2018 yildan 2020 yilgacha "Barselona" sport direktori bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport