Superliga. Qosimov burchakdan gol urgan o'yinda AGMK "Turon"dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
15 sen 2021, 20:55
Superliganing 18-turidan o'rin olgan AGMK - "Turon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



AGMK – TURON - 2:0
15 sentyabr 2021 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Aleksandr Sidorov, Otabek Qosimov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Alisher Usmonov
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Mirjamol Qosimov 51, - 1:0. Aleksandr Kasyan 77, - 2:0 (Mirjamol Qosimov).

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliev, 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov (2.Akrom Komilov, 46) - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo'raev, 85), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 90) - 28.Shohruh Gadoev (94.Elvin Fortes68), 27.Martin Boake (18.Aleksandr Kasyan, 68), 10.Husniddin G'ofurov.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov - 9.Zafar Polvonov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 42.Nodir Abdurazzoqov, .

"Turon": 87.Akmal Ortiqov - 6.Sardor Abduraimov, 9.Humoyun Murtazoev, 10.Ixtiyor Toshpo'latov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 18.Fozil Musaev, 19.Vladislav Kasminin, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 43.Kim Boyong (7.Sunnatillo Abdullajonov, 74), 55.Dayan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 1.Nizomiddin Ziyovutdinov - 3.Davron Umirov, 4.Asliddin Toshtemirov, 5.G'iyos Komilov, 8.Sunnatillo Ermatov, 14.Doniyor Ismoilov, 20.Firdavs Chakalov, 30.Sinisha Babich.

Ogohlantirishlar: Boburbek Yo'ldoshev 10, Kim Boyong 17, Muzaffar Muzaffarov 42, Humoyun Murtozaev 45, Dilshod Jo'raev 90+1, Fozil Musaev 90+3.


YANGILASH



90+5. O'yin tugadi. AGMK - "Turon" 2:0

90+5. ZARBAAA! Muzaffarovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Rahimov to'pni ushlab oldi

90+3. Ogohlantirish. "Turon". Fozil Musaev

90+1. Ogohlantirish. AGMK. Dilshod Jo'raev

90. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shildi

90. O'zgarish. AGMK. Qosimov o'rniga Shoahmedov tushdi 

85. O'zgarish. AGMK. Tursunov o'rniga Jo'raev tushdi.

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Aleksandr Kasyan 2:0! Qosimovning havodan uzatgan to'pini Kasyan boshi bilan darvozaga yo'lladi! 



73. O'zgarish. "Turon". Kim Boyong o'rniga Sunnatillo Abdullajonov

71. Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pni Vladislav Kasminin boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq



68. O'zgarish. AGMK. Boake o'rniga Kasyan va Gadoev o'rniga Fortes tushdi.

60. ZARBA! Gadoevning xavfli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.



55. UXXX! Boake va Ortiqov to'qnashib ketishdi, ikkala futbolchiga shifokorlar yordam berishmoqda

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Mirjamol Qosimov burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga joylab qo'ydi, to'p ustunga tegib darvozaga kirib ketdi! 




46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. AGMK. Toshmatov o'rniga Komilov tushdi



45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

45. Ogohlantirish. "Turon". Humoyun Murtozaev

43. UXXXX! Jokichning to'p uzatishidan keyin Gadoev qulay nuqtaga chiqib bordi, uni Toshpo'latov to'psiz qoldirdi!

42. Ogohlantirish. "Turon". Muzaffar Muzaffarov



37. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Ahmadaliev uzatgan to'pni Mirjamol Qosimov noaniq tarzda yo'lladi! 

31. ZARBAA! Ixtiyor Toshpo'latov raqib jarima maydoniga kirib zarba berdi, kuchsiz zarbadan keyin Rahimov to'pni ushlab oldi

30. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Chap qanotdan Ponevichning uzatgan to'pini Ixtiyor Toshpo'latov boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!



26. Kim Boyong hozir Ahmadalievga nisbatan qoida buzdi va bosh hakam koreyalik futbolchini ayadi, aks holda qizil kartochka berilardi

21. Zarba. Muzaffar Muzaffarovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

19. Zarba. Mirjamol Qosimovning uzoqdan tepgan zarbasi noaniq ketdi.

18. Toshmatovning uzatmasidan keyin Boake boshi bilan zarba berdi. Akmal Ortiqov o'z o'rnida.

17. Ogohlantirish. "Turon". Kim Boyong

15. ZARBAAA! Shohruh Gadoevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan keyin Ortiqov to'pni ushlab oldi

10. Ogohlantirish. AGMK. Boburbek Yo'ldoshev



6. ZARBAAAAAAAAA! Ahmadalievning zarbasini Fozil Musaev tanasi bilan qaytardi, keyingi zarbadan keyin to'pni Ortiqov ushlab oldi

O'YIN BOSHLANDI!



- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia