21 yoshli darvozabon, dublga erishgan yarim himoyachi, jamoasi sensatsiya qilgan murabbiy. Proligada 14-turning eng yaxshilari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2026, 17:10
9-10 avgust kunlari O'zbekiston Proligasida 14-turdan o'rin olgan 7 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Jamoliddin Rahmatullaev (Respublika FA)

Jamoliddin Rahmatullaev qo'l ostidagi Respublika FA ortda qolgan turdaNukusda“Aral” bilan to'qnash kelib, 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bunda 39 yoshli murabbiy Rahmatullaevning o'yinga tanlagan taktikasi sabab bo'ldi. Uning jamoasi Proliga yetakchisi bilan bahsda gol o'tkazmadi va durangni saqlab qoldi. Shu tariqa, jamoasi sensatsiya ko'rsatgan Rahmatullaev tur murabbiyi deb etirof etildi.

4.jpg

Tur futbolchisi - Islomjon Kenjaboev (“Lochin”)

“Lochin” bu turda “TerDU” bilan bahs yuritib, irodali hisobda g'alaba qozondi (2:1). Uchrashuv mobaynida qarshiliklar yarim himoyachisi Islomjon Kenjaboev dubl muallifiga aylandi va jamoasiga g'alaba keltirdi. Shunday qilib, aynan Kenjaboev tur futbolchisi bo'ldi.

5.jpg

Tur darvozaboni - Asqarjon Qudratov (“Olimpik-MobiUz”)

“Olimpik-MobiUz” bu turda Toshkentda Proliga kuchli jamoalaridan biri “Sho'rtan” bilan o'yinda qatnashdi. U bahs mobaynida bir qator vaziyatlarda jamoasini qutqardi va darvozani “quruq” saqladi. Shunday qilib, 21 yoshli posbon turdagi eng yaxshi darvozabonga aylandi.

6.jpg

Tur goli - Umidjon Karilov (“QMU Jayxun”)

“QMU Jayxun” bu turda “Olimpiya” stadionida "Kattaqo'rg'on” bilan bahs yuritib, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvda jayxunliklar yarim himoyachisi Umidjon Karilov 23-daqiqada katta sahnaga chiqdi. U Shuhrat Daryabaevdan qulay pasni qabul qilib, darvoza to'qqizligini nishonga oldi. Aynan shu gol tur goli sifatida qayd etildi.

3.jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia