

Germaniyalik mutaxassis faoliyati davomida Eronning "Persepolis", Eron yoshlar terma jamoasi, "Shaxid Gandi", "Istiqlol", "Zob Ahan", "Alyuminium", Bahraynning "Al Ahli", Malayziyaning "Kuala-Lumpur" kabi jamoalarida bosh murabbiy va assistent lavozimlarida ishlagan. O'zbekistonda esa 2003 yil U-19 terma jamoasi, 2004-2005 yillarda milliy terma jamoada faoliyat olib borgan.
Gyode oxirgi yillarda Vetnam futbol federatsiyasida texnik direktor, "Vettel"da texnik direktor, bosh murabbiy, "Binziyung" jamoasida texnik direktor sifatida mehnat qildi. Gyode oradan 20 yil o'tib yana O'zbekistonga qaytmoqda va bu safar Farg'onaning "Neftchi" jamoasida Islom Ismoilovga ko'maklashadi.
Gyode 2021 yil O'FA texnik direktorligiga ham nomzod sifatida ko'rsatilgandi. Biroq bu tayinlov amalga oshmay qolgan.



