2 karra O'zbekiston chempioni Boyan Miladinovich Serbiya jamoasi murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2024
"Paxtakor" sobiq himoyachisi Boyan Miladinovich Serbiyaning "Trayal" jamoasida ish boshladi.

"A" va "B" licenziyasiga ega mutaxassis yangi klubida bosh murabbiy yordamchisi lavozimida faoliyat yuritadi. 



42 yoshli Miladinovich ayni paytda O'zbekistonda "Pro" licenziyasi uchun tahsil olmoqda. 

Ma'lumot o'rnida, "Trayal" klubi Sharqiy Serbiya ligasi (uchinchi daraeali liga – tahr.)da qatnashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia