Zamparini: "Agar 15 mln. evro topmasam, "Palermo" A Seriyada o'ynamaydi"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2016
"Palermo" prezidenti Mauricio Zamparini klubning moliyaviy muammolari haqida gapirib berdi.

"Palermo"ga 100 mln. evrodan ko'proq pul sarfladim. Inqiroz tufayli klubga pul ishlatishda davom eta olmayman. Agar yaxshigina kelishuv amalga oshirmasam, klub yo'q bo'lib kyetishi mumkin. O'tgan yili Dibala va Belottini sotmaganimda 40-50 mln. evro zarar ko'rgan bo'lardik. "Palermo"ga 15 mln. evro sarflaydiganni topa olmasam, biz xatto mavsumni ham yakunlay olmaymiz. Menga bog'liq bo'lgan barcha ishni bajaraman" - deydi Zamparini.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tg Med Sport XL