"Yuventus" Jorjino yoki Lokatellidan birini tanlaydi

Mirjalol Normatov
5 mar 2021, 02:14
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino A Seriyaga qaytishi mumkin.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "Yuventus" markaziy yarim himoyasini mustahkamlash uchun ikki nomzoddan birini ko'rib chiqmoqda. Jorjinodan tashqari "Sassuolo" yetakchisi Manuel Lokatelli ham kuzatuv ostiga olingan.

Ushbu mavsumda Jorjino APLda 5 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport