"Chelsi" Palmerga katta narx belgiladi

25 apr 2026, 21:35
"Chelsi" Koul Palmer transferi bo'yicha o'z poziciyasini ma'lum qildi.

Londonliklar yarim himoyachi uchun katta narx e'lon qilishdi. Agar ingliz klubi Palmerni sotishga qaror qilsa, futbolchi uchun kamida 130 million funt sterling talab qiladi.

Koul Palmer APLning bu mavsumida "Chelsi" safida 22 ta o'yin o'tkazdi. Unda yarim himoyachi to'qqizta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Football Insider