

Finalda asosiy vaqt durang bilan tugadi (1:1) va ispaniyaliklar penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozonishdi. Penaltidan gol urolmagan De Xea quyidagicha fikr bildirdi:

"Yiqil va o'rningdan tur, o'z tajribang orqali o'rgan, yana kurash va g'alaba qil.
"Manchester Yunayted", qo'llab-quvvatlashlar uchun tashakkur", – deb yozdi ispaniyalik futbolchi Twitter'da.



