Rasman: MYU himoyachisi "Vilyarreal"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2024, 18:58
"Manchester Yunayted" himoyachisi Villi Kambvala "Vilyarreal" bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Transfer summasi 10 mln evroni tashkil qildi.

Kambvala 2020 yil oktyabr oyidan beri "Manchester Yunayted" tizimida. 19 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum APL va Angliya Kubogida 10 ta o'yinda qatnashib, 1 ta sariq kartochka olgan. Transfermarkt portali asli kelib chiqishi Kongodan bo'lgan francuzni 5 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian