"Manchester Yunayted", "Vilyarreal", "Fiorentina" sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 15:12
Juzeppe Rossi "butsalarini mixga ildi"

Sobiq futbolchi bu qarorini ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

"Bugun faoliyatim yaknulanganigi ma'lum qilmoqchiman. Bu yoddan chiqmaydigan sarguzasht bo'ldi. Dunyoning eng zo'r murabbiylari bilan ishladim, eng chiroyli stadionlarida dunyoning eng yaxshi klublariga qarshi o'ynadim. Orzularim amalga oshdi. Hayotim o'zim orzu qilgandek bo'ldi", - deb yozadi Rossi.

36 yoshli Rossiya faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Vilyarreal", "Fiorentina", "Jenoa", "Real Solt-Leyk", SPAL kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal