"Yiqil va o'rningdan tur" – De Xea Yevropa Ligasi finali haqida

Sherzod Nurmatov
28 may 2021, 01:39
"Manchester Yunayted"ning ispaniyalik darvozaboni David De Xea Yevropa Ligasi finalida "Vilyarreal"ga uchralgan mag'lubiyat bo'yicha izoh berdi.

Finalda asosiy vaqt durang bilan tugadi (1:1) va ispaniyaliklar penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozonishdi. Penaltidan gol urolmagan De Xea quyidagicha fikr bildirdi: 

"Yiqil va o'rningdan tur, o'z tajribang orqali o'rgan, yana kurash va g'alaba qil.

"Manchester Yunayted", qo'llab-quvvatlashlar uchun tashakkur", – deb yozdi ispaniyalik futbolchi Twitter'da.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia