

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Villi Kambvala Ispaniyaning "Vilyarreal" jamoasiga o'tadi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, "el submarino amarilo" 19 yoshli Kambvalani sotib olish huquqi va keyingi transfer foizi bilan 10 mln evroga transfer qilish bo'yicha kelishib olgan. Himoyachi yaqin orada tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Villi Kambvala 2023/24 yilgi mavsum MYU asosiy tarkibida 10 ta o'yinda maydonga tushdi.



