

Denisovning fikricha, mazkur bahsda O'zbekiston milliy terma jamoasi favorit hisoblanadi.
"O'zbekistonlik futbolchilar favorit, chunki rossiyaliklar, afsuski, xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti. Biroq Yevropada to'p tepayotgan rossiyalik futbolchilar bizga muammo tug'dirishi mumkin", – dedi Denisov "RB Sport" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Vitaliy Denisov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning "Lokomotiv" klubida uzoq yillar to'p tepgan. Shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 20:00 da boshlanadi.



