Vitaliy Denisov: "Ko'proq top-terma jamoa bo'lishini istardim. Braziliya deysizmi, Fransiya deysizmi. Farqi yo'q"

Sherzod Nurmatov
5 dek 2025, 12:51
Bugun 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.

MTJ sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov qur'a marosimidan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- 5 dekabr kuni Vashingtonda qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Terma jamoamizga kimlar raqib bo'lishini istardingiz?

- Ko'proq top-terma jamoa bo'lishini istardim. Braziliya deysizmi, Fransiya deysizmi, bilmadim, yana kimlar bor, Germaniya, Italiya. Nima bo'lganda ham, shunchaki ishtirok etish uchun harakat bo'lmasligi kerak. Hech bo'lmaganda, vazifani bajarishni, yani guruhdan chiqishimizni xohlayman. U yog'ini keyin ko'ramiz.

Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia