Vitaliy Denisov: "Fayzullaev top-5 ligadagi klubga o'tadi deb umid qilgandim"

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2025
SSKA va O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov "armiyachilar" yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning istiqboli haqida gapirdi.

Avvalroq o'zbekistonlik yarim himoyachi Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tgani ma'lum bo'lgandi.

"Istanbul Bashakshehir" "Manchester Siti" bilan chambarchas bog'langan bo'lsa-da, bu ko'p narsani anglatmaydi. Abbos o'tgan mavsum taslim bo'ldi deb ayta olmayman. Mavsum biz xohlaganchalik sermahsul bo'lmadi, lekin u baribir terma jamoa va klub uchun pas uzatdi, gol urdi.

Bu kelishuvdan SSKA va Abbos foyda ko'radi: yigit, ehtimol, eng kuchli ligaga o'tmagandir, lekin Shomurodov bilan birga o'ynaydigan ancha yaxshi klubga o'tgan. U yaxshi yigit, lekin men uning top-5 liga klubiga o'tishiga umid qilgandim. Abbos O'zbekiston terma jamoasining asosiy ishchi kuchlaridan biri, biz undan JCH-2026da muvaffaqiyat kutamiz!", – dedi Denisov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Советский спорт