Vensan Kompani: "PSJ foydasiga belgilangan penalti katta shubhalarni keltirib chiqarmoqda"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2026, 13:43
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi PSJga qarshi o'yinda (4:5) jamoasi darvozasiga belgilangan 11 metrli jarima zarbasi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Uchrashuv bosh hakami Sandro Sherer VAR videotakrorlaridan so'ng Alfonso Devisning qo'li bilan o'ynaganini qayd etib, penalti belgilagan edi. Vaziyat Usmon Dembelening jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pidan so'ng yuzaga kelgandi.

- "Men ko'rgan kadrlarga tayanib aytadigan bo'lsam, belgilangan penalti katta shubha va bahslarni keltirib chiqarmoqda. Menimcha, to'p avval Devisning tanasiga tegib, so'ngra qo'liga rikoshet bo'lib qaytdi. Agar vaziyat aynan shunday bo'lgan bo'lsa, bu qoidaga ko'ra penalti emas", - dedi Kompani.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports