Van Nistelroy Angliya yoki Ispaniyada ishlashni xohlamoqda

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024
Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rud van Nistelroy Angliya yoki Ispaniyaga qaytmoqchi.

Mutaxassis avval PSVni boshqargan bo'lsa, endi u erkin agent hisoblanadi.

"Menga turli klublardan takliflar bo'lgan, jumladan, o'z mamlakatimdan, lekin men Angliya yoki Ispaniyada ishlashni xohlardim. Men o'zim o'ynagan ligalarda murabbiy bo'lishga intilaman, chunki men mahalliy tillarni yaxshi bilaman. Nazarimda, tajribam etarli. Men zinapoyadan chiqib boryapman".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tribalfootball.com