UEFA Anchelottidan murabbiylik licenziyasini yangilash uchun imtihon topshirishni talab qilmoqda

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2022, 00:46
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti murabbiylik licenziyasi muddati tugagani haqida UEFAdan ogohlantirish xati oldi.

Manbaning xabariga ko'ra, licenziyaning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrda yakunlangan. UEFA qoidalariga ko'ra, mutaxassis uni uzaytirish uchun maxsus kursni tamomlab, imtihon topshirishi kerak. Bunga javoban Ispaniya futbol federatsiyasi UEFAga murojaat qilgan va agar shunday tajribali va taniqli murabbiy imtihon topshirsa, bu ahmoqona qaror bo'lishini bildirgan.

62 yoshli mutaxassis faoliyati davomida "Rejana", "Parma", "Yuventus", "Milan", "Chelsi", PSJ, "Real", "Bavariya", "Napoli" va "Everton" klublarini boshqargan. U murabbiy sifatida uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Anchelotti tarixda Italiya, Angliya, Fransiya va Germaniya chempionatlarining yuqori divizionlarida g'olib chiqqan yagona murabbiy hisoblanadi. Shuningdek, u ikki karra klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi sanaladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Corriere dello Sport