"Tvente" Gollandiyaning oliy ligasiga qaytdi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2019
Bir yil oldin Erediviziya (yuqori liga)ni tark etgan "Tvente" birinchi darajali divizionga qaytdi.

Gollandiya ikkinchi divizionining 36-tur o'yinida "Sparta" PSV yoshlariga mag'lub bo'ldi va turnir jadvalida "Tvente"ga yetib olish imkoniyatidan ayrildi.

"Tvente" 2009/10 mavsumda Gollandiya chempioni bo'lgan, uch marta Kubok va ikki marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia