

"O'ylashimcha, birinchi bo'limda MYU o'yinni nazorat qildi va ustunlikka ega bo'ldi. Tanaffusga 0:1 hisobida chiqib ketish alamli bo'ldi. Ikkinchi bo'limni esa aynan biz o'ynashni xohlagandek boshladik. Bu biz o'zimizning ajralib turadigan jihatlarimizga aylantirmoqchi bo'lgan uslub, xarakter va o'yin manerasidir. Agar shunday o'ynashda davom etsak, yaxshi natijalarga erisha olamiz. Futbolchilar bilan juda faxrlanaman.
O'ylashimcha, bu juda og'ir bahs bo'ldi. Jamoaning butun 90 daqiqa davomida qanday o'ynagani, o'z individualligi va xarakterini qanday namoyish etgani menga yoqdi. Bugun qanday futbol o'ynashni istashimizni ko'rsatdik. Birgalikda ishlayotganimizga endigina 1 hafta bo'ldi va men yigitlardan juda faxrlanaman", – dedi Pochettino.
"Sporting" 10 ochko jamg'arib, CHL umumiy bosqichi turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. "Manchester Yunayted" esa 7 ochko bilan 19-pog'onada bormoqda.



