"Tuttosport" yilning eng yaxshi menejerini aniqladi

Mirjalol Normatov
17 noya 2023
"Arsenal" menejeri Edu Gaspar "Tuttosport"dan sovrin qabul qilib oldi.

Unga ko'ra, braziliyalik mutaxassis yilning eng yaxshi menejeri sifatida etirof qilindi. Yilning eng yaxshi prezidenti sifatida "Brayton" rahbari Toni Blum etirof qilindi.

"Greatest Challenge of the Year" nomli maxsus sovrin 33 yil deganda chempionlikni qo'lga kiritgan paytda "Napoli"da ishlagan Kristian Juntoliga taqdim qilindi. Ayni damda u "Yuventus"da sport direktori lavozimida ishlamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport