Tug'ilgan kuningiz bilan, Oybek Omilovich!

Nadirkhuja Yuldashev
26 avg 2013
2013 yilning ilk kunidan boshlab Olimpiya qo'mitasining bosh kotibi sifatida Mirabror Usmonovning birinchi yordamchisi lavozimida faoliyat boshlagan Oybek Kasimov bugun 33 yoshga to'ldi.
Bugun men shunchaki tabrik yozish niyatim yo'q. Oybek Kasimov hayotda kimgadir zo'r aka,  kimgadir uka va zo'r ustoz hamda zo'r do'st bo'lishi mumkin bo'lgan kam sonli kishilardan biri  hisoblanadi. Bu inson bilan 2007 yildan beri tanishman. Avvaliga "Paxtakor" FKda  huquqshunos, keyinchalik Toshkent shahar futbol federatsiyasining birinchi Vice-prezidenti  lavozimida faoliyat olib borgan Oybek Omilovichning yosh bo'lishiga qaramay, hayotda bosib  o'tgan yo'li va qilgan xayrli ishlarini alohida takidlamasam bo'lmaydi!

Kasimovni yaqindan bilgan kishilar, men yozayotgan gaplarim juda ozligini ham yaxshi  biladilar. Bazan yoshlik qilib ish yuzasidan qizishib ketgan paytlarim aynan shu kishining maslahatlari tufayli o'z rejamni tuzardim. Saytimizni bugungi kundagi taraqqiyotida ham bu kishining o'ziga xos manaviy yordami bor.

Yaqinda saytimzga tashrif buyurgan Oleksandr Pishur, agentlarning 70 foizi avval o'z  jig'ildog'ini, keyingina futbolchi haqida o'ylashi haqida aytib o'tgan edi. Bu gapga qo'shilmay  ilojimiz yo'q. Oybek Kasimovni futbol olamidagi hurmatining juda ham yuqori ekanligiga  asosiy sabab, u kishining Pishur aytganidek 30 foiz agent qatorida ekanligida. O'zbekistonda  birinchilardan bo'lib futbol agenti maqomini olgan bu mutaxassis shu kungacha bir nechta  futbolchilarni yaxshi saviyadagi jamoalarga joylab kelgan bo'lsada, u kishining kamtarligi o'zi  haqida axborotni chiqmasligiga undar edi. Eng qizig'i u kishing faoliyatida pul birinchi  o'rinda turmasligi, qolgan kishilarning hurmatini yanada oshishiga olib keldi. Agentlik  faoliyatini davom ettirish imkoniyati bo'lishiga qaramay, "pullik" ishni vatan manfaati yo'lida  o'z g'oyalarini sport sohasida ishlatishni maqul ko'rdi.

Oybek Kasimovni saytimiz o'quvchilari va jurnalistlari nomidan tabriklashni insoniy burchim deb bildim. O'zbek futboli va sportini taraqqiy etishi yo'lida xizmat qilayotganingiz  uchun, barcha-barchaning nomidan Sizga sihat salomatlik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz. Doimo yaqinlaringiz baxtiga sog' bo'ling!

Quyidagi foto tabkrigimiz ham, ustozimiz Oyek Kasimovga bag'ishlanadi!



2007 yil. OCHL. "Paxtakor" - "Al Quvayt" uchrashuvi boshlanishiga sanoqli soniyalar qolgan. Oybek Kasimov uchrashuv tashkilotchisi sifatida meni "haydayaptilar". Ilk tanishuv )).




2012 yil. Bikmaev va Kapadze bugungi kecha aybdorini tabriklayaptilar.




2013 yil. "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvida, o'yinni tomosha qilish uchun OFKdan kelgan mutaxassis bilan. Biron-bir tadbir yo'q-ki, Oybek Kasimovsiz o'tsa.



2011 yil. Qatar. Osiyo Kubogida.



2010 yil. Seul. Jeparovning "Seul" safidagi muvaffaqiyatida ham bu mutaxassisning xissasi katta bo'lgan.



2009 yil. "Paxtakor" FKning yangi yil kechasida Oybek Kasimov bilan esdalik uchun tushgan suratim.




Nodirxo'ja Yuldashev


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia