

“Manchester Siti” - “Arsenal” 2:1
Gollar: 16 - Rayan Sherki, 18 - Kay Xaverc, 65 - Erling Holand
“Manchester Siti”: 25. Janluiji Donnarumma, 27. Mateush Nunesh, 15. Mark Gexi, 45. Abduqodir Husanov, 33. Niko O'Rayli, 11. Jeremi Doku (26. Savio, 88’), 42. Antuan Semeno (6. Natan Ake, 90+6’), 16. Rodri (14. Niko Gonsales, 88’), 20. Bernardu Silva, 10. Rayan Sherki (47. Fil Foden, 84’), 9. Erling Holand.
Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 5. Jon Stounz, 21. Rayan Ait-Nuri, 4. Teyani Reynders, 7. Omar Marmush.
“Arsenal”: 1. David Rayya, 6. Gabriel Magalyayns, 2. Vilyam Saliba, 3. Kristyan Moskera (4. Ben Uayt, 74’), 5. Pero Inkape, 36. Martin Subimendi (14. Viktor Yokeresh, 84’), 41. Deklan Rays, 10. Eberechi Eze (19. Leandro Trossard, 74’), 8. Martin Edegor, 29. Kay Xaverc, 20. Noni Madueke (11. Gabriel Martinelli, 46’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 16. Kristian Nyorgor, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: 36 - Kristyan Moskera, 60 - Mark Gexi, 83 - Gabriel Magalyayns, 83 - Erling Holand, 84 - Pep Gvardiola (“Man Siti” murabbiyi, maydon chetida)
🕛 90+6. O'yin yakunlandi!
90+5. Trossardning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Haverc bosh bilan darvozaga yo'lladi, ammo biroz noaniq bo'ldi…
90+2. “Arsenal” bosyapti so'nggi daqiqalarda, hujumlar tobora xavfli bo'lib bormoqda.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
83. Ikki jamoa futbolchilari o'zaro tortishib kyetishdi.
80. O'yin kurashlarga aylanmoqda. “Arsenal” garchi gol kerak bo'lsa-da, total ustunlikka ega bo'lolmayapti. Gvardiola esa asosiy tarkibidan hech kimni almashtirmay o'ynamoqda.
73. Yaxshi vaziyat bo'ldi “Arsenal”da! Gabrielning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi…
69. Yana “shaharliklar” faol. Ketma-ket burchak zarbalariga ega bo'lmoqda jamoa.
66. “Man Siti” ko'p hujum uyushtirdi va gol urdi. Buyog'iga mehmonlarga qiyin bo'lishi aniq.

⚽️ 65. GOL! Holand hisobni oshirdi! O'Rayli boshlab bergan hujumni Doku davom ettirdi, yana to'pni Nikoga uzatdi, uning uzatmasini esa Holand darvozaga aniq yo'lladi!
61. Eze!!! Uning zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi…
60. “Arsenal”dan xavfli hujum! Haverc qulay vaziyatdan zarba berdi, Donnarumma qaytardi, qaytgan to'pni Martinelli ham yo'lladi darvozaga, biroq bu ham gol bo'lmadi…
52. Doku jarima maydonchasi ichidan zarba berdi, biroq kuchsiz chiqdi, to'pni Rayya ushlab oldi.
48. Husanovning zarbasi “Arsenal” himoyachilarga tegib qaytdi, Holand zarba berdi qaytgan to'pga, ammo aniq bo'lmadi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
📊 Birinchi bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 60% - 40%
Darvoza tomon zarbalar - 8 - 3
Aniq zarbalar - 2 - 1
Burchak zarbalar - 3 - 4
Uzatmalar aniqligi - 87% - 78%
Darvozabonlar seyvlar - 0 - 1
🕘 45+1. O'yinning dastlabki bo'limi yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
42. Semenoning zarbasi raqib futbolchisiga tegib, to'p maydondan chiqib ketdi.
38. Bahs oxirgi o'n daqiqadan beri asosan maydon markazida kechmoqda, golli vaziyat ko'rmadik.
33. Abduqodir Husanovning uzatgan to'pini Geyxi boshi bilan darvozaga yo'lladi, Rayya ushlab oldi.
27. Doku Holandga yaxshi uzatma bergandi, Erlingning zarbasi esa juda yomon chiqdi.
23. Yana mehmonlar nazoratni olmoqda, bu safar natija qanday bo'larkin, kuzatamiz.
19. Dahshat, endigina “shaharliklar” xursand bo'lib turgandi, “to'pchilar”ga gol “sovg'a” qilindi italiyalik darvozabon tomonidan.

⚽️ 18. GOL! “Arsenal” hisobni tenglashtirdi! Donnarumma uzatma berishda xato qildi, Haverc to'pga oyoq qo'ydi va darvozaga joyladi!
17. O'yinda mehmonlar nazoratni qo'lga olayotgandek ko'ringandi, biroq golni “Siti” urdi.

⚽️ 16. GOL! Sherki hisobni ochdi! Rayan Sherki “Arsenal”ning bir necha himoyachisidan o'tdi va aniq zarba yo'llab, gol urdi!
15. Kay Haverc darvozabon bilan birga-bir chiqib borib foydalana olmadi, qo'shimchasiga bu vaziyatda offsayd bor ekan.
10. Edegorning uzatmasidan so'ng Haverc to'pni darvozaga yo'lladi, darvozaga aniq bormadi.
4. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan hujum qildi “Siti”, dastlabki zarbani Holand berdi, qaytgan to'p yana darvozaga yo'llandi, biroq bu ham darvozaga aniq bormadi…
4. Rayya sal qolsa xato qilib, Holandga to'pni berib qo'yishi mumkin edi…
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlar APLning joriy mavsumdagi eng muhim o'yini - “Manchester Siti” - “Arsenal” uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



