Transfermarkt. Shomurodovning narxi yaxshigina oshdi, Fayzullaevnikisi esa...

Khoja
6 mar 2026, 07:15
Kecha Transfermarkt nashri Turkiya chempionati futbolchilarining yangilangan transfer narxlarini e'lon qildi.

O'zbekiston MTJ sardori Eldor Shomurodovning narxi 2 million evroga oshdi va endilikda hujumchining narxi 7 millionga baholanmoqda. Shomurodovning jamoadoshi Abbosbek Fayzullaevning narxi ushbu yangilanishda o'zgarmadi. Abbos hozircha 7 million evro bo'lib turibdi. Shuningdek, Turkiya chempionatida o'ynovchi yana bir futbolchimiz Husniddin Aliqulovning ham transfer narxida o'zgarish sodir bo'lmagan. Hozirda jarohatini davolayotgan himoyachimizning narxi 1,5 million evro.




KhojaMuallif
Manba: transfermarkt