"Tottenxem" Ryudiger bilan muzokaralarni rad etdi

Alisher
4 apr 2022
"Tottenxem" "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger bilan muzokaralarni rad etdi.

Klub rahbari Daniel Levi himoyachi boshqa klub bilan muzokara o'tkazayotgani sabab o'yinchiga qiziqishni to'xtatishga qaror qildi.

Ryudigerning "Chelsi" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadi va o'yinchiga ko'plab klublar qiziqish bildirmoqda.

"Tottenxem"da esa Stefan De Vrey va Gleyson Bremer variantlari bor.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider