

Timur Kapadze: "Jizzax jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jadvaldagi holatni bilardik. "So'g'diyona" uchun ham bu juda muhim bahs edi. "Navbahor"ga emocional "zaryad" etmagandek tuyuldi. Shunga qaramasdan, imkoniyatlarga ega bo'ldik, uchrashuvni nazorat qildik. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.
Joriy mavsum uchun yana ikkita bahsimiz qoldi. Charchoq sezilyapti. "Neftchi" va OKMKga qarshi uchrashuvlar qiyin kechdi. Bu o'z ta’sirini ko'rsatmoqda. Uzoq yo'l bosib, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytamiz.
Motivaciyamiz bor edi, kurashlarda yaxshi ishtirok etdik. Ikkinchi golning ehtimoli ham yo'q edi, to'p nazorati bizda edi. Ammo bu futbol… Bizni final kutib turibdi, o'sha bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
Maydon? Maydon ham unchalik yaxshi holatda emas. Ko'p omillar futbolchining kayfiyatiga ta’sir qiladi. Uchrashuvda nazorat biz tomonda edi, ammo vaziyatlar yaratishga qiynaldik. "So'g'diyona" Superligada jon saqlash uchun kurashyapti va bu uchrashuvda bor kuchini berishini bilardik. Lekin biz ham faolroq o'ynasak bo'lardi.
Final? "Lokomotiv" - yaxshi jamoa. Ikkala jamoa ham bitta o'yinga bor kuchi bilan tayyorgarlik ko'radi".



