Timur Kapadze: "Hozir bor e'tiborim terma jamoadagi faoliyatimga qaratilgan"

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025, 16:42
O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi, ayni paytda Fabio Kannavaroga ko'maklashayotgan Timur Kapadze "Navbahor" ustoziga aylinishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Navbahor"ga bosh murabbiy bo'lishim haqida xabarlar chiqdi. Bundan xabarim yo'q. Hozir bor e'tiborim terma jamoadagi faoliyatimga qaratilgan", – deydi Kapadze Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevga.

Avvalroq Timur Kapadze "Navbahor"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabar chop etilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia