Tarmoqlarda JCH-2026 to'pining suratlari aylanmoqda

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025
Jahon chempionatining rasmiy homiylari yangi mahsulotlar va tashviqot materiallarini ishlab chiqarishda jonbozlik ko'rsatmoqda.

Musobaqa rasmiy to'p ishlab chiqaruvchisi Adidas ham tez orada o'zining so'nggi taklifini taqdim etishi kutilmoqda. Bu – Trionda to'pi.

"Trionda"da Jahon kubogining barcha o'yinlari uchta ("uchlik") mamlakatda o'tkazilishiga urg'u qaratiladi. "Onda" ispan tilidan "to'lqin" deb tarjima qilinadi, bu Adidas to'pining egri chiziqlariga ishoradir.

Trionda 2014 yilda Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida foydalanilgan Adidas Brazuca bilan o'xshashliklarga ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: matchballfifa