“So'g'diyona” Jizzaxdagi yig'inni yakunlandi

Narzulla Saydullayev
20 yanv 2018
Mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan “So'g'diyona” Jizzaxdagi tayyorgarlikning birinchi bocqichini yakunladi.

Rejaga ko'ra ikkinchi bosqich Toshkentda davom ettiriladi. “Oq-tepa” ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa muddatli tatil berishga qaror qilgan edi. Bugun jamoa Toshkentda yig'ildi va muhtasham “Grand Atlas” mehmonxonasiga joylashdi.

Toshkentdagi yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ulardan dastlabkisi, 25 yanvar kuni “Paxtakor”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. 28 yanvarda “Navbahor”, 5 fevral kuni “Qizilqum” bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgan.

Jizzaxdagi yig'in davomida ko'rikda bo'lgan ayrim futbolchilar bilan xayrlashildi va Toshkentdagi yig'inga bir nechta futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqida esa keyingi xabarlarda batafsil ma'lumot beramiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати