"So'g'diyona" bilan o'yindan oldin "Neftchi"da bitta yo'qotish

Narzulla Saydullayev
24 sen 2025
Superliganing 23-turida "Neftchi" klubi Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuvda Farg'ona klubi tarkibida chap qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev ishtirok eta olmaydi. Sababi futbolchi o'tgan tur "Dinamo"ga qarshi o'yinda mavsumdagi to'rtinchi sariq kartochkasini oldi.

Eslatib o'tamiz, "So'g'diyona" - "Neftchi" uchrashuvi 30 sentyabr kuni soat 19:00da boshlanadi.  




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia