Smolling maoshi kamayishiga ham rozi

Mirjalol Normatov
22 mar 2020
"Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan "Roma" himoyachisi Kris Smolling Rimda qolishni istaydi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, 30 yoshli angliyalik futbolchi "Roma"da qolish uchun maoshi kamayishiga ham rozi bo'lib turibdi. Futbolchining Rimdagi ijara vaqti ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.

MYU esa fulbekning transferidan 35 mln evro ishlab olishni istamoqda.

Smolling ushbu mavsumda "Roma" tarkibida A Seriyaning 21 o'yinida qatnashdi va 2 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia