Sherzod Temirovning goli "Erbil"ga g'alaba taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2026, 00:09
Iroq Yulduzlar Ligasining (Stars League) 31-turi doirasida "Al-Talaba" hamda "Erbil" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Gollarga boy kechgan bahsda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi.

"Erbil" safida to'p surayotgan o'zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va jamoasining g'alabasiga muhim hissa qo'shdi. O'yinning 78-daqiqasida Mansurning uzatmasidan so'ng Temirov raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.

Bu Sherzod uchun joriy mavsumdagi 23-gol bo'ldi. Ushbu natija bilan hamyurtimiz Iroq chempionati to'purarlar ro'yxatida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Temirovning sermahsul o'yini "Erbil"ning muhim ochkolarni qo'lga kiritishida asosiy omil bo'lmoqda.

Iroq Yulduzlar Ligasi. 31-tur

"Al-Talaba" - "Erbil" 2:3

Gollar: A. Abdulzaxra (68), S. Msuva (80) - M. Kabrera (41), K. Barko (63), Sherzod Temirov (78).

IROQ CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia