Belgiya Pro ligasi. "Antverpen" mehmonda durang o'ynadi, O'rinboev zaxirada qoldirildi

Alisher Ostonov
17 avg 2025
Belgiya Pro ligasi 4-tur doirasidagi "Sharlerua" - "Antverpen" o'yini bo'lib o'tdi.

13-daqiqa "Antverpen" vakili Muhammad Faruk Adekami hisobni ochdi. Mezbonlar esa bunga 34-daqiqada Parfayt Guiagonning goli bilan javob berishdi. O'yinda boshqa to'p kiritilmadi.

Mehmonlarning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Muhammadali O'rinboev zaxirada qoldirildi.





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia