Sanjar Qodirqulov: “Andijon va Namangandagi o'yinlar ajoyib o'tdi”

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2019, 14:38
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi iyun oyida Misr olimpiya terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Ikkala o'yinda ham olimpiyachilarimiz g'alaba qozonishdi. Bu bahslarda ishtirok etgan “Bunyodkor” yarim himoyachisi Sanjar Qodirqulov o'z fikrlarini bildirdi.

- Iyun oyidagi yig'in qanday o'tdi?
- Yig'in a'lo darajada o'tdi desam adashmasam kerak. Ikkala o'yinda ham g'alaba qozondik, bu o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Bu o'z samarasini berdi deb o'ylayman.

- Ilk uchrashuv Andijonda o'tdi...
- Birinchi o'yin bo'lganligi uchun qiyin bo'ldi. Buning ustiga saralashdan keyingi ilk yig'in bo'lganligi bois bahsda ozgina qiynalish bo'ldi. Lekin muxlislarni qo'llab-quvvatlashlaridan keyin g'alaba qozonmasak bo'lmasdi, stadiondagi muhit a'lo darajada bo'ldi.

- Namangandagi bahs haqida nima deya olasiz?
- Namangandagi o'yinga keladigan bo'lsak, bosim unchalik bo'lmadi. O'yinni nazorat qildik murabbiylarni aytgan taktikasi bo'yicha harakat qildik. O'yin so'nggida sal xotirjamlikka berildikmi bilmadim, ikkita gol o'tkazib yubordik. Muhimi natija muxlislarni natija bilan xushnud etdik deb o'ylayman. Andijondagidan ko'ra muxlislar kamroq bo'lishiga qaramasdan muhit yaxshi bo'ldi. Muxlislarga rahmat aytaman.

- Bosh murabbiy haqida fikringiz qanday?
- Lyubinko Drulovich taktik trenerligiga amin bo'ldim. Bir necha kun avval o'yindan biz Misr olimpiya terma jamosini yaxshi o'rganib chiqdik va shunga yarasha o'yin ko'rsatdik.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia