Ronalduning rekordini yangilagan Gyuler o'yindan avval Anchelotti unga xabar yozganini aytdi

Оқил Абдубарноев
18 iyun 2024, 23:30
Turkiya terma jamoasi futbolchisi Arda Gyuler Gruziyaga qarshi o'yinda (3:1) jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.

19 yosh-u 114 kunligida raqib darvozasini ishg'ol qilgan o'yinning eng yaxshi futbolchisi Arda Yevropa chempionatida tarixida debyut uchrashuvida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Shu tariqa, u Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi. Portugaliyalik forvard 2004 yil 19 yosh-u 128 kunligida Gretsiya darvozasiga to'p kiritgandi.

Uchrashuvdan so'ng Gyuler quyidagi fikrlarni bildirdi: "Anchelotti o'yin oldidan menga xabar yubordi va muvaffaqiyat tiladi. "Real Madrid"ning qo'llab-quvvatlashi ham menga bitmas-tugalmas motivaciya beradi".

Eslatib o'tamiz, guruh doirasidagi Portugaliya va Chexiya uchrashuvi birozdan so'ng start oladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano