"Real"ning ikki futbolchisi mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi

23 apr 2026, 20:25
"Real" matbuot xizmati jamoaning ikki futbolchisi jarohat olganini ma'lum qildi.

Eder Militao "Alaves"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limi yakunlarida jarohat olgan. Braziliyalik himoyachi uning oyog'i boldir mushaklarida jarohat aniqlangan. Huddi shunday jarohat 58-daqiqada almashtirilgan yarim himoyachi Arda Gyulyerda ham aniqlangan.

As ma'lumotiga ko'ra, ushbu futbolchilar mavsumda boshqa o'ynamaydi.


Manba: As