Ronaldu-2008 - tarixdagi eng buyuk "Oltin to'p" sohibi, Messi-2012 - ikkinchi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2026, 23:19
Muxlislar 2008 yilgi Krishtianu Ronalduni tarixdagi eng buyuk "Oltin to'p" egasi deb topishdi.

Mukofotning 70 yilligi munosabati bilan tashkilotchilar o'z saytida so'rovnoma o'tkazib, ishqibozlarga B.O.A.T. (Ballon D’or Of All Time - "Barcha davrlarning Oltin to'pi")ni aniqlashni taklif qilishdi. Nomzodlar qatoridan faqatgina kamida ikki marta ushbu sovrinni qo'lga kiritgan futbochilar joy olishdi: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Ronaldo, Marko van Basten, Mishel Platini, Karl-Xaync Rummenigge, Kevin Kigan, Franc Bekkenbauer, Yoxan Kroyff va Alfredo Di Stefano.

Ovoz berish uchun bir evro to'lash talab etildi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar o'z nomzodi uchun cheklanmagan miqdorda ovoz berish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Yakuniy o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Krishtianu Ronaldu (2008).

2. Lionel Messi (2012).

3. Krishtianu Ronaldu (2017).

4. Lionel Messi (2023).

5. Krishtianu Ronaldu (2016).

6. Krishtianu Ronaldu (2014).

7. Lionel Messi (2015).

8. Krishtianu Ronaldu (2013).

9. Lionel Messi (2011).

10. Lionel Messi (2009).

Qolgan futbolchilar orasida eng yuqori natijani 2002 yilgi qayd etilgan Ronaldo ko'rsatdi - u 13-o'rinni band qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://ballondor.com/vote