"Real Madrid" o'ziga tegishli bo'lgan rekordni yangilamoqda

16 okt 2026, 09:50
Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasida o'yin davomida hisobda ortda borib, yakunda g'alaba qozonilgan uchrashuvlar soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi.

Bu haqda Squawka statistik xizmati xabar bermoqda.

14 oktyabr kuni "Real" 83-daqiqadan so'ng ikkita to'p farqini yo'qqa chiqarib, "Roma"ni mag'lub etdi (4:3). "Qirollik klubi" uchun bu 1992 yildan beri Chempionlar ligasidagi 38-irodali g'alaba bo'ldi.

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni "Barselona" (34), uchinchi o'rinni esa "Manchester Siti" (27) egallab turibdi. Kuchli beshlikdan, shuningdek, "Manchester Yunayted" (25) va "Bavariya" (24) joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka